Muhammad Yusuf haqida film suratga olinmoqda

Muhammad Yusuf haqida film suratga olinmoqda
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

“O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK va O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bilan hamkorlikda “Ijod studiyasi” tomonidan “Muhammad Yusuf: Ulug‘imsan Vatanim!” badiiy-publitsistik hujjatli filmi suratga olinmoqda.

Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur film O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda taniqli ijodkorlarning intervyulari va xotiranomalar o‘rin olgan.
Shuningdek, shoirning shartli obrazi orqali ijodiy kayfiyati, iztiroblari, yozish jarayonlari manzarasi yoritiladi.
Muhammad Yusuf tug‘ilib o‘sgan qishloq, bolaligi, 1970-1990 yillardagi adiblar anjumanlari, gazeta va jurnallarda chop etilgan she’rlari, o‘zining ishtirokidagi video xronikal tasvirlardan foydalaniladi.
Film ssenariy mualliflari Iqbol Mirzo, Doston Hojimatov, postanovkachi rejissyor Iqbol Meliqo‘ziyev, badiiy rahbar Ibrohim Yuldashev.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do’stlaringizga ma’lum qiling:

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x