NYU-YORK

NYU-YORK — AQSHning eng katta sanoat, moliya, savdo-transport hamda siyosiy va madaniy markazi, dunyodagi eng yirik shaharlardan biri. Atlantika okeani sohilida, Gudzon daryosining quyilish joyida. Shaharning markaziy qismi Manxattan o. da joylashgan. Iqli-mi moʻtadil, sernam ikdim; yanv. ning oʻrtacha t-rasi G, iyulniki 23°. Yillik yogʻin 1000 mm. Maydoni (shaharning munitsipal chegarasi doirasida, suv havzalarisiz) 953 km2. Aholisi 8 mln. kishi (2001). N.-Y. ning amalda qoʻshilib ketgan shaharlar va shahar atrofi bilan birga mayd. 27 ming km2, aholisi 19 mln. kishi. Shahar aholisining koʻpchiligi asli yevropalik, osiyolik va afrikaliklar, xususan, 15% qoratanlilar, 14% kelib chiqishiga koʻra italyanlar, 12% puertorikanlar va b. dan iborat. N.-Y. 5 ta shahar r-niga boʻlingan. Shaharni mer, munitsipal kengash va hisoblar boshqarmasi idora qiladi. Mer aholi tomonidan 4 y. ga saylanadi. Ilk bor Manxattan o. ga 1613-y. da gollandlar kelib oʻrnashgan. Shaharga 1625-y. da asos solingan. 1626-y. dan Yangi Amsterdam deb atalgan. 1664-y. da Yangi Amsterdamni inglizlar bosib olib, gersog Yorkskiy sharafiga N.-Y. deb ataganlar. 1785—90 y. larda N.-Y. AQSHning muvaqqat poytaxti. Shaharda BMT va b. xalqaro tashkilotlarning shtab-kvartirasi joylashgan.

N.-Y. — AQSHda eng katta, dunyoda eng yirik dengiz portlaridan. Chetdan keltiriladigan yuklar (neft, tropik oʻsimliklar mahsuloti, xom ashyo, sanoat buyumlari) chetga chikariladigan yuklar (sanoat buyumlari, oziq-ovqat) dan 3-marta koʻp. Mamlakat tashki savdo aylanmasining 1/4 qismi N.-Y. orqali oʻtadi. Shaharda fond birjasi, bank, sugʻurta jamiyatlari, sanoat va b. korporatsiyalarining boshqarmalari joylashgan. 3 ta katta xalqaro aeroport mavjud. Tikuvchilik va poligrafiya sanoatlari salmoqli oʻrin tutadi. Mashinasozlik va metallsozlik (jumladan, elektrotexnika, tayyor qismlardan avtomobil yigʻish, aviaraketasozlik, optika-mexanika), kimyo hamda galantereya va zargarlik buyumlari i. ch. rivojlangan. Neftni qayta ishlash, rangli metallurgiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Shaharning ayrim qismlarini 60 dan ortiq koʻprik, bir nechta avtomobil tunneli (umumiy uz.

370 km) va yoʻlovchilar tashish paromlari birlashtirib turadi. 1868-y. dan metropoliten ishlab turibdi.

N.-Y. da 6 un-t, 40 dan ortiq kollej, FA va b. akademiyalar, in-tlar, yirik kutubxonalar, muzeylar, 70 dan ortiq teatr binolari, Filarmoniya zali, konservatoriya, konsert zallari va b. bor.

N.-Y. da italyanlar, yahudiy, xitoy va b. millatga mansub aholining koʻcha va kvartallari mavjud. Shahar 19-a. boshidan toʻgʻri burchakli reja asosida shakllana boshladi. 19-a. oʻrtalariga kelib, ulkan shaharga aylandi. Eng katta koʻchalardan biri — Brodvey (uz. 29 km). 19—20-a. larda koʻp qavatli baland binolar kurila boshlandi. 20-a. oʻrtalariga kelib N.-Y. uz. 200 km keladigan va birbiri bilan tutashib ketgan ulkan shaharlar toʻdasiga aylandi. 17—18-a. larda qurilgan binolardan ratusha (1803—12), Triniti-Chyorch cherkovi (1839—46), katta muhandislik insho-otlaridan Bruklin koʻprigi (1869—83) va b. saqlangan. Koʻp qavatli binolardan Empayr steyt bilding (102 qavat, 1930—31), BMT shtabkvartirasi binosi (1947—52), Xalqaro savdo markazi (2 ta 110 qavatli minora, bal. 412 m; 1971—73; 2001-y. 11 sent. da terrorchilar tomonidan portlatilgan) va b. Yirik koʻpriklari: Jorj Vashington va Verratsano-Norrous. Muhim yodgorliklari: Ozodlik haykali, Vashington arki.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x