NUSHICH

NUSHICH (Nuship) Branislav (1864.8.10 – Belgrad – 1938.19.1) – serb yozuvchisi, dramaturgi. Serbiya FA akad. (1933). 1915—18 y. larda muhojirlikda yashagan. Oʻtkir hajviy asarlarida Serbiyada siyosiy tuturiqsizliklarni, saylovlarning soxtaligini, politsiya byurokratizmini qattiq qoralagan («Xalq deputati», 1883; «Proteksiya», 1888; «Oddiy kishi», 1899 va b.). «Ramazon oqshomlari» (1898, hikoyalar toʻplami), «Tashula» (1902) qissasi sharq ekzotikasi mavzuiga ba-gʻishlangan. Nushich «Bir ming toʻqqiz yuz oʻn beshinchi yil» (1916) asarida vatan-parvarlarning 1-jahon urushiga na-fratini ifodalagan. «Mister dollar» (1932), «Iztirob chekkan oila» (1935), «Doktor» (1936), «Murda» (1937) komediyalari Nushich satirik isteʼdodining yangi parvozi boʻlgan. Nushich ijodi hajviy va yumoristik pafosining kuchliligi bilan jahon adabiyotida muhim oʻrin tu-tadi va koʻplab yozuvchilar ijodiga sa-marali taʼsir koʻrsatib kelmoqda. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan («Tarjimai holim», 1970; «Kikandon mashmashalari», 1981 va b.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x