NUR TEZLIGI

NUR TEZLIGI (astronomiyada) — osmon jismi (Mas, yulduz) fazoviy tezligining kuzatuvchidan shu jismga oʻtkazilgan toʻgʻri chiziqqa, yaʼni koʻrish nuri yoʻnalishiga proyeksiyasi. Dopler effektы boʻyicha anikdanadi. Unga koʻra, yorugʻlik manbai kuzatuvchidan uzokdashayotgan boʻlsa, nurlanishning toʻlqin uzunligi uzayadi, yaqinlashayotgan boʻlsa, qisqaradi. Nur tezligini aniqlash uchun osmon yoritqichidagi nurlanish (yoki yutilish) toʻlqin uzunligi spektri bilan qoʻzgʻalmas yorugʻlik manbai toʻlqin uzunligi spektrining oʻzaro farqi rasmta olinadi va ularni bir-biriga taqqoslanadi. Shu usulda necha ming yulduzning Nur tezligi aniqlangan. Koʻpchilik yulduzlarning Nur tezligi necha oʻn km/s, baʼzilariniki bir necha ming km/s.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x