OSHKOʻKLAR

OSHKOʻKLAR — taomlarga (koʻk holicha) qoʻshiladigan koʻkatlar. Oshkoʻklarga jambil, kashnich, petrushka, rayhon, koʻk (barra) piyoz, shivit, sarimsoq koʻki, selderey hamda bahor oylarida yovvoyi oʻsadigan yalpiz va b. kiradi. Ular lazzatli taom tayyorlashda zirovarlar kabi muxim ahamiyatga ega. Oshkoʻklar tarkibida ifori (efirli) moylar, turli vitaminlar mavjud. Oshkoʻklar qoʻshilgan taomlar xushxoʻr boʻladi, yaxshi xazm boʻladi. Aksariyat Oshkoʻklar toʻgʻralgan holda suyuq oshlarga qoʻshiladi, shuningdek, ularning shoxchalari salatlarni bezashda ishlatiladi. Oshkoʻklardan rayhon, jambil shoʻrvalarga shoxchasi bilan xam solinadi. Baʼzi Oshkoʻklar (mas, ukrop, petrushka) bodring va pomidor tuzlashda, sirkalab konserva qilishda ishlatiladi. Soya joyda quritib elaki qilingan Oshkoʻklar tolqonidan qish faslida ham foydalanish mumkin.

Oʻzbek pazandaligida otquloq, ismaloq, yalpiz, jagʻ-jagʻ, momaqaymoq beda, anzur piyozi, semizoʻt kabilarning yangi unib chiqqan barglaridan yog qoʻshib (somsa, chuchvara va b.) taomlar tayyorlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x