NUH ibn NASR

NUH ibn NASR, amiri Hamid, Abu Muhammad (? — Buxoro — 954) — Somoniylar davlatining amiri (943 — 954), amir Nasr II ibn Ahmadning oʻgʻli. Otasi 30 y. hukmronlik qilgach, tiriklik paytida taxtni unga topshirgan (943-y. 10 apr.). Buxoro krzisi, fiqh ilmining bilimdoni Abulfazl Mar-vaziy (946-y. v. e.) uning vaziri boʻlgan. Nuh ibn nasr ibn Nuh ibn nasr mamlakatda keng yoyilgan qar-matiylar harakatini bartaraf etish choralarini koʻrgan. Movarounnaxrdagi bu harakat rahbari Muhammad ibn Ahmad Naxshabiyni Buxoroda dorga ostirdi. Biroq Somoniylar davlatining moliyaviy ahvoli ogʻirlashganligi uchun u soliq va turli tushumlarni koʻpaytirishga majbur boʻlgan. Mamlakatda isyon va gʻalayonlar kuchaygan. Narshaxiyning yozishicha, hatto uning ama-kisi Abu Isʼhoq Ibrohim ibn Ahmad Iroqdan kelib, Nishopur amiri Abu Ali Sagʻoniy yordamida Buxoro taxtini egallab olgan (947-y.). Oradan koʻp oʻtmay Nuh ibn nasr ibn N. Samarqanddan qaytib, taxtni qaytarib olgach, markaziy hokimi-yatga qarshi isyon koʻtargan qarindosh-urugʻlarini jazolagan, Marvdagi isyonlarni ham bostirgan. Ammo u Abu Alini avval Chagʻoniyon, soʻngra Xurosonga hokim qilib (652) tayinlashga majbur boʻlgan. Somoniylar davlati inqirozini toʻxtatishga harakat qilgan. Narshaxiy oʻzining «Buxoro tarixi» asari (943—944)ni unga bagʻishlagan. Ogʻir ka-sallikdan soʻng Buxoroda vafot etgan.

Ad.: Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1993.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x