NOVALISOY

NOVALISOYToshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi soy. Piskom daryosining oʻng irmogʻi. Chorvoq suv omborida suv sathi koʻtarilgan bahor-yoz oylarida Novalisoy bevosita suv omboriga quyiladi. Ugom tizmasining jan.-gʻarbiy yon bagʻirlaridagi buloqlardan boshlanib, jan.-gʻarbiy yoʻnalishda oqadi. Uz. 17 km, suv toʻplash mayd. 99,4 km2. Beshta kichik irmoqlarning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Irmoklarning eng yirigi Yaxaksoy (11 km). Novalisoy yomgʻir va koʻproq qor suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 2,85 m-ʻ/sek. Oqimining 65—70% mart—iyun oylariga toʻgʻri keladi. Eng katta soʻv sarfi may oyida kuzatiladi (6,32 m3/sek). Toʻlinsuv davrini hisobga olmaganda, suvi doim tiniq.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x