Nodir Ibrohimov — Bevafoyim

To`lib toshdi madorim,
To`ying bo`ldi, gulyorim.
Senla ketdi bahorim,
Dilbarim sen, jonim.

Bevafosan malikam,
Xazon bo`ldi mening sevgim.
To`kiladi barglar ham,
So`roqlab sevging ham.

Dilimga beqarorim,
Tugadiku madorim.
Agar bo`lsa bahona,
Bir kelib ket, begonam.

Mehring to`la anhorim
Oqib ketdi bahorni.
Xazonlar egalladi
Sevgi atalgan bog`ni,
Sevgi atalgan bog`ni!

Nega o`ylaysan meni?
Sen o`zganing yorisan.
Menga vafo qilmading,
Unga vafo qil, erkam!

Xayollarimni tark et,
Topsang iloj, yagonam.
Unut bo`lsa izlaring,
Unutaman men ham.

Dilimga beqarorim,
Tugadiku madorim.
Agar bo`lsa bahona,
Bir kelib ket, begonam.
Mehring to`la anhorim
Oqib ketdi bahorni.
Xazonlar egalladi
Sevgi atalgan bog`ni,
Sevgi atalgan bog`ni! (x1+x1)

Ushbu qo`shiq matni uchun Isomiddin Yarashovga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x