NOBELLAR

NOBELLAR — shved ixtirochilari va sanoatchilari. E m Manuel Nobel (1801.24.3 – 1872.3.9) – suv osti minalari ixtirochisi. 1842—59 y. larda Peterburg (Rossiya)da yashagan, u yerda mexanika z-diga asos solgan. Alfred Bernxard Nobel (1833. 21.10 — 1896.10.12) — dinamit ixtirochisi. Em Manuel Nobelning oʻgʻli. 1867-y. da dinamit tayyorlashga An-gliyadan patent olgan. Dinamit ishlab chiqaradigan korxona egasi. Koʻp mamlakatlarda dinamit ishlab chiqarish fkalari qurgan. London Qirollik jamiyati va Shvetsiya FA aʼzosi. Nobel mukofotlari taʼsis qilish haqida vasiyat qilgan. Lyudvig Nobel (1831.27.7 – 1888.12.4) – korxona egasi, stanoklar konstruktori. Emmanuel Nobellarning oʻgʻli. Peterburgdagi otasi asos solgan korxonani «Lyudvig Nobel» nomli yirik mashinasozlik z-diga aylantirgan. 1871-y. aka-ukalari Robert va Alfredlar bilan birgalikda Boku (Ozarbayjon) da neft sanoati korxonasi (1879-y. dan «Aka-uka Nobellar hamkor-ligi»)ga asos solgan. Emmanuel Nobel (1859.22.6 – 1932.31.5) – Lyudvig Nobellarning oʻgʻli. Peterburgda «Aka-uka Nobellar hamkorligi»ni, «Lyudvig Nobel» jamiyati va b. korxonalarni boshqargan (1888—1917).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x