HAMROYEV Najim Rahimovich

HAMROYEV Najim Rahimovich (1933.10.1, hoz. Navoiy viloyati Karmana sh.) — muhandis gidrotexnik-meliorator olim, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi akad. (1991), VASXNIL (1983), 1991-y. dan Rossiya Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi muxbir aʼzosi, texnika fanlari d-ri (1983), prof. (1991). Mehnat Qahramoni (1981). Oʻzbekistonda (1983), Tojikistonda xizmat koʻrsatgan irrigator (1979), Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan quruvchi (1977). Oʻrta Osiyo politexnika in-tini tugatgan (1957). «Oʻzbekgidroenergoqurilish» trestida muhandis (1958), Xish-rov GES qurilishi bosh muhandisi, qurilish boshligʻi (1959-60), Oʻzbekiston Ministrlar Soveti Ishlar boshqarmasi qurilish boʻlimida katta referant (1960—62), Buxoro viloyati ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari (1962-63), Amu-Bu-xoro mashina kanali qurilishi boshqarmasi boshligʻi (1963—65), OʻzSSR ministrlar Soveti Suv qurilishi bosh boshqarmasi boshligʻi (1965 — 71), SSSR Ministrlar Soveti huzuridagi Oʻrta Osiyo irrigatsiya va sovxozlar qurilishi bosh boshqarmasi («Glav-sredazirsovxozstroy») boshligi (1971—85); Oʻzbekiston FA ishlab chiqaruvchi kuchlarni oʻrganish Kengashida boʻlim mudiri (1985—90), Oʻzbekiston Suv qurilishi davlat qoʻmi-tasi raisining birinchi oʻrinbosari (1990—91). Oʻzbekiston FA Suv muam-molari in-ti direktori (1991—96), bosh ilmiy xodim (1998—2002), ilmiy maslahatchi (2002-y. dan), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ilmiy-i. ch. markazi bosh direktori (1997-98).

Ilmiy ishlari choʻl va chala choʻl min-taqalarini sugʻorish va kompleks oʻzlashtirish, agrosanoat majmualarini barpo etish, suv xoʻjaligi va meliorativ sistemalar va inshootlar qurilishini tashkil etish hamda ularni ishlatish, yirik yer massivlarini oʻzlashtirishning ilmiy, ijtimoiy va iqtisodiy muammolariga bagʻishlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x