NIYOZIY

NIYOZIY (taxallusi; ismi Otaniyoz Xoʻjaniyoz oʻgʻli, 1844 — Shovot tumani — 1928) — shoir, bastakor. K. Otaniyozovning otasi. Xivadagi Arabxon madrasasida oʻqigan. Arab, fors tillarini oʻrgangan, aruz ilmini puxta egallagan. Xivadagi Abdullaxon madrasasida mudarrislik qilgan (1920). Mumtoz sheʼriyatning turli janrlarida ijod qilgan. Sheʼrlaridan 3063 baytli devon tuzgan. Ularda xalq hayotining turli tomonlari aks etgan. Niyoziy Xorazm maqomlari uchun chiziqli nota tizimini yaratishda Komil Xorazmiyta yaqindan yordam bergan. Oʻzi ham bir qancha kuylar yaratgan. Hasan Jabarutiyning A«joyib ul-osor» («Ajoyib yodgorliklar») asarining 7—9-daftarlarini arab tilidan forschaga tarjima qilgan (1907). Niyoziyning adabiy merosidan namunalar turli majmua va bayozlarga kirgan, ular Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanadi (inv. №120, 121, 192).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x