OLIY VA OʻRTA MAXSUS MAKTAB MUAMMOLARI INSTITUTI

OLIY VA OʻRTA MAXSUS MAKTAB MUAMMOLARI INSTITUTI — OʻzRda oliy va oʻrta maxsus taʼlimni takomillashtirish va rivojlantirishning dolzarb muammolarini hal qiluvchi ilmiy-metodik markaz. OʻzR Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 1995-y. Toshkent sh. da tashkil etilgan. OʻzR Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi qaramogʻida.

In-t oʻz faoliyatini Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi rahbarligida Fan va texnologiyalar markazi, Oʻzbekiston FA, taʼlim muassasalariga ega boʻlgan boshqa tarmoq vazirlik va idoralari, oliy taʼlim muassasalari, ilmiy muassasa va i. ch. korxonalari bilan uzviy hamkorlikda amalga oshiradi. Intda 3 ilmiy-metodik boshqarma (oliy taʼlim normativlari va standartlari; ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar; malaka oshirish, ped. va axborot texnologiyalari), 11 boʻlim (kasbiy ilmiy-metodik taʼminoti; magistraturaning ilmiy-metodik taʼminoti; taʼlim, fan va i. ch. ni integratsiyalash; iqtisodiyot taʼlimi; maʼnaviyat va maʼrifat; isteʼdodli yoshlar bilan ishlashning ilmiy-metodik taʼminoti; oʻquv adabiyotlari yaratishning ilmiy-metodik taʼminoti; qayta tayyorlash va malaka oshirishning ilmiy-metodik taʼminoti; pedagogik texnologiyalar va taʼlim sifati; taʼlimda yangi axborot texnologiyalarining ilmiy-metodik taʼminoti; kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish monitoringi), 1 sektor (jahon taʼlim tizimlarining qiyosiy taxlili) bor.

In-t jahon tajribalarini inobatga olgan holda, oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimini takomillashtirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, respublika ijtimoiy-iqtisodiy sohasidagi oʻzgarishlarga, bozor iktisodiyoti ehtiyojlari talablariga toʻliq javob bera oladigan, koʻp bosqichli taʼlim muassasalarining zamonaviy modellarini yaratish, mutaxassislarga taʼlim va tarbiya berishning zamonaviy metodlarini, yangi informatsion va pedagogik texnologiyalarni oʻquv jarayoniga tatbiq etish, talaba yoshlar dunyoqara-shini shakllantirish, OʻzR mustaqilligini mustahkamlash gʻoyasiga sodiq boʻlgan vatanparvarlarni tarbiyalash, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida talaba yoshlar bilim darajalarini aniklashning test nazorati va baholashning reyting usulini izchil ravishda oʻquv jarayoniga tatbiq etish ishlarini amalga oshirish, kasbiy taʼlim tizimini takomillashtirish, fan va texnika yoʻnalishining zamonaviy holatini aks ettiruvchi original darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, monografiya va maʼruza matnlarini tanlov asosida nashr etishni tashkil qilish va b. yoʻnalishlar boʻyicha faoliyat yuritadi.

In-tda 1996-y. dan har chorakda «Taʼlim muammolari» ilmiy-metodik jur. chop etiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x