NIVELIRLASH

NIVELIRLASH — geodezik oʻlchashning bir turi; yer nuqtalari balandliklari farqi (nisbiy balandligi) aniklanib, ular orqali ushbu nuqtalarni qabul qilingan boshlangʻich sathdan hisoblanadigan balandliklari topiladi. Oʻzbekiston hududida bajariladigan asosiy geodezik-topografik ishlarda nuqtalar balandligini Kronshtadt (Sankt-Peterburg) futshtogining nol chizigʻi (shtrixi)ga nisbatan hisoblash qabul qilingan (q. Mutlaq balandlik). N. ni bajarish uslubiga qarab geometrik Nivelirlash, trigonometrik Nivelirlash, fizik (gidrostatik, barometrik va aero) Nivelirlash va stereofotogrammetrik Nivelirlash turlariga boʻlinadi. Geometrik Nivelirlash gorizontal vizir nur, trigonometrik Nivelirlash esa kiya vizir nur yordamida bajariladi. Stereofotogrammetrik Nivelirlash bir joyning ikkita qoʻsh aerosuratlarini maxsus optik asbob (Mas, stereoskop)da kuzatib hosil qilinadigan joy rel-yefi modelida oʻlchab bajariladi. Geometrik Nivelirlash nisbatan sodda va anikligi yuqori boʻlib, amalda juda keng qoʻllanadi; trigonometrik Nivelirlash esa aniqligi nisbatan past, u togʻli hududlarda qoʻllanadi. Katta hududlarning topofafik xaritalarini tuzishda stereofotogrammetrik N. asosiy hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x