Homilaning bachadonda noto‘g‘ri joylashuvi

“Homiladorligim yaxshi kechdi. Ammo to‘qqizinchi oyga kelganda, homila harakatlanishi sustlashdi. Tug‘ruq kuni UTT qilinganida esa «homila noto‘g‘ri kelib qolgan, oyog‘i bilan turibdi, kesarcha qilmasak bo‘lmaydi” deyishdi. Shifokorning hamma aytganlarini bajarganman, emaklab yurishni ham kanda qilmagandim. Nima sababdan homila noto‘g‘ri joylashib qolganini sira tushunolmadim. Hozir farzandim olti oylik bo‘ldi. Ahvoli yaxshi. Ammo keyingi homiladorlikda ham shunday bo‘lsachi, deya havotirdaman».

Homilaning bachadonda noto‘g‘ri joylashuvi

Nilufar Bo‘stonova, oliy toifali akusher-ginekolog:

Homiladorlikning 30-haftasidan so‘ng homila bachadonda tug‘ilish uchun qulay holatni egallay boshlaydi. Tibbiy nuqtai nazardan tug‘ruqning oson kechishi hamda ona va bola jarohat olmaydigan qulay holat bu homilaning kichik chanoqqa boshi bilan kelishi sanaladi. Bunda bachadon o‘qi bilan homila umurtqa pog‘onasining o‘qi bir xilda bo‘lishi lozim. Ammo ma’lum sabablarga ko‘ra har doim ham bunday bo‘lavermaydi, anig‘roq aytganda, 200 ta homiladan bir nafari bachadonda noto‘g‘ri joylashgan bo‘ladi. Homilaning kichik chanoqda ko‘ndalang, qiyshiq joylashganligi noto‘g‘ri joylashuv deb sanaladi.

Sabablari:

  • Ko‘p tug‘ish hamda tug‘ruqlari orasining qisqa bo‘lishi;
  • Bachadon nuqsonlari (ikki shoxli bachadon, egarsimon bachadon)
  • Ko‘p suvlik yoki kam suvlik;
  • Homila gipotrofiyasi (ko‘p harakat qiladi);
  • Muddatdan oldingi tug‘ruq;
  • Yirik homila;
  • Ko‘p homilalik;
  • Yo‘ldoshning oldin kelishi;
  • Gidrotsefaliya (homilada rivojlanish anomaliyalari kuzatilsa);
  • Anotomik tor chanoq;
  • Bachadon miomasi.

Tug‘ruqdan avval shifoxonaga!

Homilaning bachadonda noto‘g‘ri joylashuvi tashxisi qo‘yilgan ayol homiladorlikning 35-36 haftalariga kelib, albatta tug‘ruqxonaga yotqizilishi shart! Negaki, odatda bunday ayollarda tug‘ruq muddatidan erta boshlanish ehtimoli yuqori bo‘lib, shifokor nazoratida bo‘lish ko‘ngilsiz oqibatlarning yuzaga kelmasligini ta’minlaydi. Suv ketishi holati kuzatilganda, yo‘ldosh ichidagi suyuqlik bilan birga bolaning qo‘li yoki oyoqchasi ham tug‘ruq yo‘liga chiqib qolish xavfi bor. Bu esa bolaning tug‘ruq yo‘lidan harakatlanishiga to‘sqinlik qiladi. Ilgari bunday holatlarda akusher homilani “tashqi burish” amaliyotini bajargan bo‘lsa, hozirda bu usuldan foydalanilmayapti. Chunki uning amaliy foydasi kam ekanligi isbotlangan.

Asoratlari:

  • Homila pufagining barvaqt yorilishi;
  • Muddatdan ilgari tug‘ruq;
  • Tug‘ruq faoliyatining sustligi;
  • Homila gipoksiyasi va asfiksiyasi;
  • Bachadon yorilishi.

Muammoning oldini olish uchun

Homila to‘g‘ri holatda joylashib olishiga yordam berish uchun homilador ayollarga bir qancha mashqlarni bajarish tavsiya etiladi. Bu mashqlar odatda homiladorlikning 29-34 haftalari oralig‘ida bajarilishi lozim. Bo‘lajak ona navbatma-navbat o‘ng va chap yonboshida yotadi. Har bir yonboshga yotish oralig‘i 10 daqiqa bo‘lishi lozim. Har bir yonboshda 3 martadan yotish kerak, mashqlarni kuniga kamida 3 marta bajargan ma’qul. Ammo ayol bachadonida chandiq, mioma, qonli ajralmalar, yurak xastaliklari kabi muammolar kuzatilsa, mashqlar ta’qiqlanadi.

Mashqlar kutilgan natijani bermasa, aksariyat hollarda shifokorlar homilador ayolda dard boshlanishi bilan kesarcha kesish amaliyotini o‘tkazishni tavsiya etishadi.

Телеграмдаги расмий каналимизга аъзо бўлинг!

Аъзо бўлиш

Бош саҳифа » Ginekologiya » Homilaning bachadonda noto‘g‘ri joylashuvi

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x