NISHONOV

NISHONOV Bobojon (1930, Fargʻona viloyati Rishton qishlogʻi) — kulol, Oʻzbekiston xalq rassomi (1973). Otasi usta Nishonboy Zoirovdan hunar oʻrgangan. 1941-y. dan «Yangi hayot» artelida kulol, rassom, 1970 — 90 y. lardan Rishton badiiy kulollik buyumlari z-dida rassom. N. Rishton kulolligi maktabini rivojlantirdi, naqsh mujassamotini yangi mavzu va naqshlar bilan boyitdi, anʼanaviy buyumlarni mahorat bilan bezadi. Nishonov ishlagan, sirlab bezagan sopol idishlar va badiiy buyumlar xalqaro koʻrgazmalarda namoyish qilingan; N. yaratgan ayrim badiiy buyumlar respublika muzeylarida saqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x