ICHKI XOʻJALIK HISOBI

ICHKI XOʻJALIK HISOBI — muay-yan bir korxona yoki tashkilotda xoʻjalik yuritish usuli; uning boshqa xoʻjalik subyektlari bilan boʻladigan muno-sabatlari majmuini muvofiklashtirish, boshqarish va nazorat qilishga xizmat qiladi. Bozor sharoitida Ichki xoʻjalik hisobi maqsad va mohiyat jihatdan tijorat hisobi sifatida namoyon boʻladi hamda korxona (tashkilot)ning boshqa xoʻjalik subyektlari oldidagi majburiyatlarini amalga oshirish nuqtayi nazardan ishlab chiqiladi.

Ichki xoʻjalik hisobi korxona (tashkilot) xoʻjalik hisobinpt tarkibiy va ajralmas qismi boʻlib, muayyan xoʻjalik yuritish subyektiga qarashli ichki boʻlinmalar qar birining faoliyat yoʻnalishlari va ularning oʻzaro munosabatlariga asoslanadi. Har bir ichki boʻlinmaning ixtisoslashuviga muvofiq mahsulot i. ch. yoki ish bajarish (xizmat koʻrsatish) yuzasidan mikdoriy topshiriq, uni bajarish uchun lozim boʻlgan xarajat tarkiblari, moddiy manfaatdorlik tizimi va b. tegishli koʻrsatkichlar boʻyicha meʼyorlar Ichki xoʻjalik hisobida oʻz aksini topadi. Ichki xoʻjalik hisobida nisbatan erishilgan yakuniy natijalar ichki boʻlinma jamoalari aʼzolarini moddiy ragʻbatlantirishga asos ilib olinadi. Bozor sharoitida Ichki xoʻjalik hisobi, yaʼni tijorat hiso-bining asosiy tamoyillari sifatida ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) ni mustaqil tashkil qilish, oʻzini oʻzi boshqarish va moliyaviy qoplash, har bir aʼzoni oʻz mulkiy ulushi miqdorida moddiy javobgarlikka tortish, moddiy ragʻbatlantirish va b. tamoyilar kuchli amal qiladi.

Qurbon Choriyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x