NISHBOSHSOY

NISHBOSHSOYToshkent viloyatidagi soy. Qurama tizmasining shim. yon bagʻridan, 3550 m balandlikdagi uncha katta boʻlmagan qorlikdan boshlanadi. Uz. 30 km, havzasining mayd. 180 km2. Yuqori oqimi — Qashqasoy, oʻrta oqimi Lash-karaksoy bilan qoʻshilgunga qadar Loyak-soy deb ataladi. Yuqori va oʻrta oqimida chuqur, yon bagʻirlari tik vodiyda oqadi. Quyi oqimida 2—3 koʻhna qayiri (terrasa) bor. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 2,55 m3/ sek. Suvi koʻpayganda (mart—iyun) suv sarfi 3,52 m3/sek. dan 8,66 m3/sek. gacha oʻzgarib turadi. Umumiy uz. 141 km boʻlgan 75 ta irmogʻi bor. Eng yiriklari: Kichik Qashqasoy, Toʻrtkoʻl, Parak, Terakli, Beshsandiq va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x