NITROBIRIKMALAR

NITROBIRIKMALAR (S-nitrobi-rikmalar) — molekulasida uglerod ato-mi bilan toʻgʻridan-toʻfi bogʻlangan bitta yeki bir necha nitroguruh (NO2) saklovchi organik moddalar. Azotli va kislorodli nitrobirikmalar ham mavjud. Oddiy nitroalkanlar rangsiz suyuqliklar, aromatik Nitrobirikmalar esa och-sariqrangli, qaynash t-rasi yuqori boʻlgan su-yuqliklar yoki qattiq moddalardir. Ular oʻziga xos hidga ega, suvda eriydi, bugʻ bilan haydaladi.

Nitroguruh kuchli elektronakseptor xususiyatga ega boʻlib, manfiy zaryadni delokallaydi. Aromatik birikmalarda induksion va mezomer effekti tu-fayli elektron zichlikning tarqalishiga taʼsir etadi. Bunda orto – va para-holatlarda lokallangan musbat zaryadning maʼlum bir qismini yadro oʻziga oladi. Organik birikmalarga nitroguruh kiritilganda ularning nukleofil reagentlarga nisbatan reaksion xususiyati oshadi, elektrofil reagentlar bilan reaksiyasini esa kiyinlashtiradi. Bu N. ni organik sintezda keng qoʻllash-ga, reaksiyalarni boshqarishga va kerakli yoʻnalishda davom ettirishga imkon beradi. Nitrobirikmalardan tegishli tuzlar, alkillash mahsulotlari, karbonil birikmalari, gidroksam kislotalari, organik kislotalar, gidroksilamin, olefinlar, nitrenlar, aminobirik-malar, efirlar, nitrol kislotalari va b. olinadi. Polinitrobirikmalar portlovchi moddalar tayyorlashda, raketa yonilgisi komponenti sifatida erituvchilar, biologik faol birikmalar, neftn i deparafinlashda, insektitsid va gerbitsidlar i. ch. da qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x