NIQOB

NIQOB — maskarad, karnaval qatnashchisining oʻzini tanitmaslik uchun yuziga kiyadigan (koʻz oʻrni ochiqboʻlgan), baʼzan odam basharasini, xdyvon yoki afsonaviy maxduq boshini tasvirlay-digan maxsus krplama. Hoz. Niqoblar magʻ-zi soxta, plastmassa, rezina va b. ma-teriallardan yasaladi. Niqob kad. zamonlarda ov qilingan hayvon va qushlarning ta-biiy kallalari, poʻstaklari va patlaridan yasalgan. Odam timsollarini koʻrsatishda kalla suyaklari ishlatilgan. Keyinchalik ular oʻlgan kishini eslash va ajdodlar ruhiga sigʻinish bilan bogʻliq marosimlarda qoʻllanuvchi shartli tasvirlar bilan almashtirilgan. Yunon va Rim teatrida, Shark, mamla-katlari va qad. Xorazm, Baqtriya, Par-kona (Davan), Soʻgʻdiyona davlatlaridagi anʼanaviy shakldagi teatrlarda Niqobdan keng foydalanilgan. Afrosiyob, Xolchayon, Oyxonim, Tuproqqalʼa kabi qad. shaharlardan topilgan Niqob tasvirlari shundan dalolatdir. Arxeologik qazishlar natijasida Afrosiyobdan (1 – a.) qoʻlida Niqob ushlab turgan toʻrt aktyorning tasviri, Tuproqqalʼadan (3a.) masxaraboz Niqobi topilgan. U rta asrlarda Niqob masxarabozlar teatrida keng qoʻllanilgan. Xorazm masxarabozlari «Xatarli oʻyin» degan turkum tomoshalarida shu kungacha Niqobdan foydalanib keladilar. Mamlakatning boshka joylarida Niqob dor masxarabozlari tomoshalarida uchraydi. Hindiston, Xitoy, Yaponiya va b. ning zamonaviy teatrlarida Niqob oʻrniga koʻpincha niqobsimon grimlardan foydalaniladi. Shuningdek, bu mamlakatlar va baʼzi Afrika xalqlari tomoshalarida ot, sher, ajdarqo va b. hayvon hamda afsonaviy mavjudotlar ifodalangan Niqob liboslar keng tarqalgan (yana q. Maska).

Muhsin Qodirov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x