IPAK YOʻLI BANKI

«IPAK YOʻLI» BANKI — Oʻzbekis tondagi aksiyadorlik tijorat-innovatsiya banki. OʻzR Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra, 1990-y. dek. da tashkil etilgan. Boshqaruvi (bosh boʻlimi) Toshkent sh. da joylashgan. Mirzo Ulug-bek (Toshkent sh.), Navoiy (Navoiy sh.) filiallari, Umar (Samarkand sh.), Namangan (Namangan sh.) mintaqaviy filiallari bor. Bankning asosiy aksiyadorlari «Baraka» universal lizing kompaniyasi, «Oʻzbekinvest» milliy eksport-import sugʻurta kompaniyasi, «Kafolat» davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi va b. (jami aksiyadorlari soni 400 dan ortiq; 2002). Bank faoliyat yuritayotgan hududlarda yakka tartibdagi tadbirkorlar, kichik va oʻrta biznes korxonalari, davlat tashkilotlari va muassasalariga bank xizmatlari koʻrsatish, korpo-rativ mijozlarga xizmat koʻrsatish tizimi yoʻlga qoʻyilgan. Bank keng koʻlamdagi bank xizmatlari va kredit operatsiyalari bilan bir qatorda lizing, faktoring va loyihalarni moliyalashtirish operatsiyalarini, nakd va nakd boʻlmagan valyuta mablaglari bilan amalga oshiriladigan amaliyotlarni, mi-jozlar (8 mingga yaqin) nomidan qimmatli qogʻozlar bozorida amaliyotlarni oʻtkazadi. Xalqaro moliya muassasalari bilan hamkorlik qiladi.

«Ipak yoʻli banki» b. ning ustav kapitali (mln. soʻm) 800, jami aktivlari 10875,1, kredit portfeli 5423,5, bankning oʻz kapitali 2187,7 (2002, 1 iyul); joriy likvidlik koeffitsiyenta 0,701, kapitalning yetarlilik koeffitsiyenta 0,214.

Rustambek Rahimbekov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x