NIKELLASH

NIKELLASH — metall buyumlar sir-tiga nikel qoplash. Odatda, nikel 1 — 2 mkm dan 40—50 mkm gacha qalinlikda qoplanadi. Elektrolit, kimyoviy va kontakt usullari bor. Eng koʻp tarqalgani elektrolit usuli (q. Galvanotexnika). Bunda uchta asosiy kompo-nentdan iborat elektrolitlar: buyum sirtida elektrsizlanuvchi ionlar man-bai hosil qilish uchun sulfat kislo-tali nikel (70—280 g/l); katod katla-mida kislota katlamini rostlash uchun borat kislota (30 g/l); anodlarning normal erishini osonlashtiruvchi osh tuzi (5—15 g/l) dan foydalaniladi. Kimyoviy usulda natriy gipofosfatdan foydalaniladi. Elektrolit usulida Nikellash qiyin boʻlgan sirtlar shu usulda nikellanadi. Kontakt usulida 40 g/l borat kislota qoʻshilgan nikel xloriddan foydalaniladi. Vaqt oʻtishi b-n nikellangan buyumlar sirti xiralashib krladi. Shuning uchun, koʻpincha, nikel katlami ustiga xrom qatlami ham qoplanadi (q. Xromlash). Nikellashdan tibbiyot asboblari, avtomobil, velosiped va b. mashina qismlarini bezash yoki korro-ziyadan saklashda foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x