LIVINGSTON

LIVINGSTON (Livingstone) David (1813.19.3, Blantayr, Lanark grafligi — 1873.1.5, Chitambo, Zambiya) — shotlandiyalik sayyoh. Ixtisosi — vrach. Markaziy va Jan. Afrikani tadqiq qilgan. 1840-y. da London missionerlar jamiyati tomonidan Jan. Afrikaga yuborilgan. 1841 — 52 y. larda Kalaxari bechuanlari orasida yashab, oʻsha yerlarni urgandi. 1849-y. da Ngami koʻli va 1851-y. da Linyanti daryosi hamda Kvando (Zambezi daryosi irmogi) daryosi etagigacha yetib bordi. 1853—54 y. larda Zambezi daryosi boʻylab yurib, Atlantika okeanining Luanda sohillariga chiqdi. 1855-y. da Zambezi daryosining butun oqimini deltasigacha oʻrgandi va yevropalilardan birinchi boʻlib Viktoriya sharsharasini koʻrishga muyassar boʻldi. 1856-y. mayda Kelimane sh. yakinida Hind okeani sohiliga yetib kelib, materikni kesib oʻtishni yakunladi. Buyuk Britaniyaga qaytib, 1857-y. da sayohati haqida asarlarini nashr qildirdi; ushbu sayohati uchun Livingstonni Qirollik geografiya jamiyati oltin medal bilan taqdirladi.

Livingston 2-sayohatida (1858—64) Shirva va Nyasa koʻllarini tadqiq etdi. 3-sayohatida (1866—73) Tanganika koʻlini oʻrgandi, Bangveulu koʻli va Laulaba daryosini tavsifladi. Ogir xastalanib, orqaga qaytdi va Tanganika koʻlining sharqiy sohilida, Ujijida toʻxtadi. Bu yerda uni G. Stenli izlab topib, bir-galikda Tanganika koʻlining shim.-qismlarini oʻrgandilar va Nil daryosining bu koʻl bilan boglanmaganligini aniqladilar. Livingston sayohati vaqtida Bangveulu koʻlidan janubroqdagi Chitambo degan joyda vafot etdi. Jasadi Buyuk Britaniyaga keltirilib, Vestminster abbatligiga dafn etilgan.

Sayohati davrida Livingston 1000 dan ortiq punktlarning joylashgan oʻrnini aniqladi; birinchi boʻlib Jan. Afrika relyefining ilmiy tavsifini berdi. Zambiyadagi shahar, Sharqiy Af-rikadagi togʻlar, Kongo daryosidagi sharshara L. nomi bilan ataladi. Livingston insonparvar boʻlgan, qullar bilan savdo qilishga qarshi kurashgan. Shotlandiyada Glazgo sh. yaqinida Livingston memorial muzeyi bor.

As: Puteshestviya i issledovaniya v Yujnoy Afrike s 1840 po 1856 gg., M., 1955; Puteshestviye po Zambezi s 1858 po 1864 gg. [3 izd. ], M., 1956; Posledneye puteshestviye v Sentralnuyu Afriku (per. s angl.), M., 1968.

Ad.: Adamovich M., Livingston, M., 1939.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x