NIJNIY NOVGOROD

NIJNIY NOVGOROD (1932-90 y. larda Gorkiy) — RFdagi shahar, Nijniy Novgorod viloyati markazi. Oka daryosining Volgaga quyilish joyida. Yirik dare porti, t. y. tuguni. Axoliyey 1367,6 ming kishi (1998). Mashina-sozlik va metallsozlikning (avtomobilsozlik, stanoksozlik, «Metallist» va b. ishlab chikarish birlashmalari, «Krasnoye Sormovo», dizelsozlik, aviasozlik, aloka apparaturasi, televizor va b. z-dlar) yirik markazi. Kora va rangli metallurgiya, kimyo va neft kimyosi, kimyo-farmatsevtika, yogʻochsozlik, qurilish materiallari, oziq-ov-qat, yengil sanoat korxonalari bor. 1985-y. dan metropoliten ishlab turibdi. 9 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, un-t), 5 teatr, badiiy, M. Gorkiy, Nijniy Novgorod Dobrolyubov muzeylari, tarixiy-meʼmoriy qoʻriqxona bor. Shaharga 1221-y. da asos solingan. 1341—92 y. larda Nijniy NovgorodSuzdal knyazligining poytaxti. 1611 — 12 y. larda Nijniy Novgorodda K. M. Minin va knyaz D. M. Pojarskiyning xalq lashkari tuzilgan. Nijniy Novgorod 1719-y. dan gubernya markazi. 19—20-a. boshlarida Nijniy Novgorod ulgurji bugʻdoy savdosining muhim savdo-moliya markazi. Shaharda podsho Rossiyasi davridan deyarli har yili yarmarka oʻtkazilib kelinmoqda. Meʼmoriy yod-gorliklardan Kreml (16—17-a. lar), Blagoveshchensk monastiri (17-a.), Pechyora monastiri (17-a.), Smolenskaya (17-a. oxiri) va Rojdestvenskaya cher-kovlari saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x