Lotofatli ayol uchun eng kerakli maslahatlar

Dunyoda xunuk ayolning o’zi yo’q, faqat go’zal bo’lishni bilmaydiganlar bor, degan ekan bir faylasuv. Go’zallik deganda ko’pchilik chiroyli pardoz va kiyimg’kechakni ko’z oldiga keltiradi. Bu biroz noto’g’ri tushuncha, chunki go’zal bo’lish uchun kosmetika va chiroyli ko’ylakning o’zi kamlik qiladi. Jozibadorlikning pardoz-andozdan tashqari yana bir qancha qoidalari bor. Quyida ular bilan tanishishingiz mumkin:

Yuz terisi uzoq muddatgacha tarang bo’lib, yoshligini yo’qotmasligi uchun har safar yuvinishni issiq suvdan boshlab, sovuq suv bilan tugating. Bu yuz terisi uchun o’ziga xos gimnastika mashqini o’tab, ajin tushishining oldini oladi. Yodingizda bo’lsin: issiq va sovuq suv o’rtasida farq qancha katta bo’lsa, shuncha yaxshi. Ammo bu mashq o’ta ta’sirchan teri egalariga to’g’ri kelmaydi.
Ma’lumotlarga qaraganda bodom xotirani mustaxkamlaydi. Har kuni uxlashdan avval 1 stakan sutga ozgina bodom yog’ini qo’shib ichsangiz, tez orada xotirangiz oldingiga nisbatan ancha yaxshilanganini sezasiz. Qolaversa, bodom yog’ini uy sharoitida ham tayyorlasa bo’ladi. Buning uchun bodomni po’stlog’idan tozalab, maydalang va ustiga shakar qo’shilgan suv soling.
Ortiqcha vazn sog’liq uchun juda xavfli. Bugun har ikkinchi gazeta va jurnallar, internet saytlar ozish haqida tavsiya berib o’tadi. Ozishning eng samarali usuli esa kamroq ovqat tanovul qilib, ko’proq harakatda bo’lishdir. Shuning uchun piyoda yurishdan erinmang va kechki ovqatga mevalar bilan cheklaning.

Ruxshunoslarning ta’kidlashicha, 30 ayollar uchun eng xavfli yosh ekan. Aynan mana shu yoshda ayollarda ruhiy tushkunlikka tushish xavfi ortadi.  Buning sababi turlicha bo’lishi mumkin. Kimdir tahsil olmay, oila qurgan va shu yoshga kelib qo’lidan xech qanday ish kelmasligini va to’liq eriga qaram bo’lib qolganini anglab xafa bo’lsa, yana kimdir kar’era bilan bo’lib, shu vaqtgacha oila qurmaganidan eziladi. Xullas, 30 yosh qo’rquvini engish uchun ayollarga hayotga boshqacha nazar bilan qarab, hali hammasi oldinda ekanligiga ishonch hosil qilish tavsiya etiladi.
Aytishlaricha, qizil rangdagi meva-sabzavotlar kayfiyatni ko’taradi. To’q sariq rangdagilar quvnoqlikni oshiradi. Sariq ranglilar dangasalikni engadi. To’q ko’k rangdagilar tushkunlikni engishga yordam berarkan.
Limon suvi yog’li teriga xos bo’lgan yaltirash va boshqa muammolarni bartaraf qilishga yordam beradi. U yuz terisini oqartirib, har xil dog’larni ketkazadi. Mutaxassislar bunday muolajalar uchun limon suvini oddiy suv bilan aralashtirishni maslahat beradilar. Aks holda u salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Ko’pchilik makaronlar semirtiradi deb o’ylaydi. Aslida bu xato. 100 gramm makaron tarkibida atigi 13% oqsil bor, qolaversa uning tarkibidagi kraxmal moddasi tez hazm bo’ladi. Makaronlar semirishga emas, ozishga yordam beradi.
Agar tirnoqlaringiz sarg’ayishini istamasangiz, unda lak bo’yog’idan oldin tirnoqlar uchun mo’ljallangan maxsus suyuqlik surting. To’q rangdagi tirnoq bo’yoqlaridan kamroq foydalaning.
O’zgalar sizga yaxshi baho berishini istasangiz, avval o’zingizga bo’lgan hurmatni oshiring. Buning uchun bir necha marotaba «Men o’zimni yaxshi ko’raman!», «Men bu ishga loyiqman!» va «Bu vazifalarni a’lo darajada bajara olaman», deb takrorlang. Bir qarashda oddiy bo’lib ko’ringan bu so’zlar qisqa muxlat ichida ruhiy ahvolingizni yaxshilab, o’zingizga bo’lgan ishonchni kuchaytiradi.
Kulrang, qora va oq ranglar kiyimlar uchun eng ideal ranglardir, bular hamma xildagi ranglarga mos tushib, xatto eski kiyimning rangini ochishga ham yordam beradi.
Shakar ayol organizmi uchun eng kerakli mahsulot hisoblanadi. Ammo undan haddan ziyod foydalanish har xil muammolarni keltirib chiqaradi. Organizmni kerakli shakar miqdori bilan oziqlantirish uchun ko’proq mevalar tanovul qiling. Masalan, limon tarkibida qulupnoyga nisbatan ko’proq shakar mavjud.
Agar ayol kishi «Barbi» qo’g’irchog’iga o’xshagan tashqi ko’rinishga ega bo’lganida sog’lom hayot kechira olmasdi. Buni isbotlash uchun AQShda joylashgan sog’liqni saqlash vazirligi olimlari izlanish olib borishdi. Ular «Barbi»ning parametrlarini tirik insonda sinab ko’rish uchun katta qo’g’irchoq yasashdi. Bunday ayolning bo’yi 170 sm, vazni 50 kg, ko’krak aylanasi 99 sm, beli esa 45 sm bo’lishi kerakligi aniqlandi. Ma’lum bo’lishicha, ushbu parametrga ega ayolning organizmiga hamma a’zolar joylasha olmaydi. Shunday ekan, ozish uchun mukkasidan ketmasidan, eng asosiysi — sog’lig’ingiz joyida ekanligiga shukur qiling. Axir bu eng bebaho in’omku.
Pardozda ko’zlarga ko’proq urg’u berishni istasangiz, labingizni och rangda bo’yang, lablarga urg’u bermoqchi bo’lsangiz, ko’zlar uchun och rangli tenlar tanlang.
Go’zallik qurbonlikni talab qiladi. Faqat homiladorlik chog’ida emas. Shifokorlar farzand kutayotgan ayollarga baland poshnali poyabzallarni chetga surib qo’yishni tavsiya etishadi. Agar bu qoidaga amal qilsangiz, kelajakda radikulit va nevralgiya xastaliklaridan o’zingizni asragan bo’lasiz.
Atirgul faqat go’zallik emas, balki salomatlik timsoli hamdir. O’rta arslarda Evropa aholisi atirgul damlamasi yordamida shamollash, tish og’rig’i va og’iz bo’shlig’i bilan bog’liq bo’lgan kasalliklarni davolashgan. Bugun dorixona va ayrim do’kon rastalarida atirgul yog’ini uchratish mumkin. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu yog’ xotirani mustahkamlab, turli yallig’lanish va virusli kasalliklarga qarshi kurashadi.
Bo’yin terisi xech qachon yog’li bo’lmaydi (hattoki yuz terisi yog’li bo’lsa ham). Shu sabab bo’yin uchun faqat quruq va normal teriga mo’ljallangan niqob tanlagan ma’qul.
Jozibador ko’rinishning yana bir qoidasi, bu chiroyli qadam tashlashdir. Yurganingizda doim qomatingizni tik tuting. Tez yurganda ham mayda qadam tashlang va xech qachon qo’llaringizni silkimang.
«G’alaba qozonishni istasangiz, doim tabassum qiling» deydi mutaxassislar. Bu gapda jon bor. Ishda va shaxsiy hayotda omadga erishmoqchimisiz, unda tabassum haqida unutmang. Har qalay ho’mrayib yurgandan ko’ra, kulib yurgan yaxshiroq.
Dunyo bo’yicha yig’ilgan ma’lumotlarga qaraganda, erkaklar yorqin rangda bo’yangan ayollarni xush ko’rmas ekan. Shunday bo’lgach, juftingizga yoqish uchun ko’proq tabiiy rangli pardoz vositalaridan foydalaning. Unutmang, yorqin rangli pardoz faqat kechki bazm uchun mo’ljallangan, kundalik hayot uchun emas.
Ayolning eng yaxshi quroli bu — samimiylik. Har qanday vaziyatda ham samimiylikni yo’qotmang. Ayniqsa bugungi kunda bu juda zarur.
 

loading…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x