NEOGEGELCHILIK

NEOGEGELCHILIK (neo… va gegelchilik) — falsafiy okim. 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida Germaniyada shakllanib, keyin boshqa mamlakatlarga tarqalgan. Neogegelchilar Gegel taʼlimotini yangicha izoxlab, shu asosda bir butun dunyoqarashni yaratishga urindilar. Neogegelchilik markazida tarix va madaniyat, davlat, huquq falsafasi masalalari yotadi; dialektik metod tafovutlarning eklektik sintezi, qarama-qarshiliklarni murosaga keltiruvchi omil sifatida talqin etiladi. Neogegelchilik turli mamla-katlarda turlicha shaklda namoyon boʻldi. Neogegelchilikning namoyandalari: J. X. Stirling, E. Kerd, F. Bredli, B. Bozanket, J. E. MakTaggart, R. Kollingvud (Buyuk Britaniya), G. Bolland (Niderlandiya), B. Kroche, J. Jentile (Italiya), V. Dil-tey, R. Kroner (Germaniya), I. A. Ilin (Rossiya), J. Val, A. Kojev (Fransiya). Xalqaro «Gegelchilar ittifoqi» tuzilib (1930; markazi Niderlandiya), Gaagada (1930), Berlinda (1931), Rimda (1934) kongresslari boʻlgan. 1930 – y. lar oʻrtasida mustaqil falsafiy oqim sifatida barham topdi. 2-jahon urushidan keyin «Gegelchilar ittifoqi»ni qayta tiklashga urinishlar hech qanday samara bermadi. Ammo Neogegelchilikning baʼzi gʻoyalari hoz. zamon faylasuflarining qarashlarida baʼzan koʻzga tashlanib turadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x