INDIVIDUAL ONG

INDIVIDUAL ONG — ayrim shaxsning ongi; davr, sinf, millat va, shuningdek, individual hayot sharoitlari taʼsirida shakllangan shaxsning maʼnaviy dunyosi. Individual ong ijtimoiy ong bilan uzviy bogʻlangan, chunki har bir shaxs muayyan jamiyatda, muayyan ijtimoiy muhitda yashaydi, shuning uchun uning ongi ijtimoiy ongning ifoda-sidir. Ammo Individual ong ijtimoiy ongdan ajralmas boʻlsada, har doim ham ijtimoiy ongning maʼlum boʻlagi boʻlavermaydi. Har bir shaxsning vokelikni idrok etishi, uni qabul qilishi, maʼlum bilimlar tizimiga ega boʻlishi ijtimoiy taraqqiyot bilan izohlansa-da, uning oʻziga xos tomonlari mavjud. Buni kishilarning bilimi, xulqi va b. xususiyatlaridagi har xillikda koʻramiz. Oʻz navbatida ijtimoiy ong Individual ongning muhim umumiy tomonlarini aks ettiradi. Individual ong ijtimoiy hayotni tadqiq etishda, tarixda shaxsning rolini aniqlashda, taʼlim-tarbiya masalalarini toʻgʻri hal qilishda katta ahamiyat kasb etadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x