NEFELINLI SIYENIT

NEFELINLI SIYENIT — magmatik ishqorli toʻliq kristalli togʻ jinsi; ishqorli dala shpati (65—70%), nefelin (taxm. 20%), biotit va ishqorli amfibollar va piroksenlar, shuningdek, rangli metallar va kamyob-yer ele-mentlaridan iborat.

Nefelinli siyenitning bir nechta xili mavjud: x i – binit — pegmatoid strukturali yashilroq-kulrang yirik donador; miyaskit — slanessimon biotitli; mariupolit — albitga boy; luyavrit — yashilroqqora, traxitoidli teksturasi aniq ifodalangan; saybarit — melanokratli va b. Konlari Oʻrta Osiyo, RF (Kola ya. o., Sibir), Ukraina (Mariupol), Norvegiya (Oslo), Jan. Grenlandiya, Kanada, Jan. Afrika, Madagaskar o. va b. joylarda bor. N. s. alyuminiy olish uchun ruda, oynasozlik xom ashyosi. Nefelinli siyenit bilan apatit, grafit, kriolit konlari, kamyob-yer elementlari va b. bogʻliq.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x