NAZRULLAYEV Alisher Ibodullayevich

NAZRULLAYEV Alisher Ibodullayevich (1953.24.9, Gʻijduvon) — usta kulol, Gʻijduvon kulollik maktabining 7-avlod vakili. Oʻzbekiston xalq ustasi (2002), Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi akad. (2003). Samarqand meʼmorlikqurilish in-tini tugatgan (1975). Hunarni otasi usta Ibodulla Nazrullayevdan oʻrgangan. Nazrullayev ijodida Gʻijduvon kulollik maktabi anʼanalarini rivojlantirgan; u yaratgan sopol buyumlar (tovoq, lagan, kosa, koʻza, qoʻshquloq va b.) qoʻrgʻoshin tusli sirlanishi bilan ajralib turadi. Naqsh zamini toʻq jigarrang, shakllar buyum yuzasida asimmetrik erkin joylashtiriladi; «Dumi burgut» «murgʻi safed», «guli tovus» kabi naqsh mujassamotlari qush, oʻsimlik, gul naqshlarining no-zik uygunlashtirilgan shaklida namoyon boʻladi. Amerika, Yevropa, Osiyo qitʼalaridagi madaniy markazlardagi nufuzli tanlov, koʻrgazmalarda faol ishtirok etadi. Nazrullayev ishlaridan namunalar respublika va xorijiy mamlakatlardagi muzey, toʻplam, xususiy kolleksiyalardan oʻrin olgan. «Doʻstlik» ordeni bilan mukofotlangan (1996).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x