DARVISH

DARVISH Mahmud (1941.13.3, Akka sh. yaqinidagi Barva qishlogʻi) — falastinlik arab shoiri, jamoat arbobi, jurnalist. Yoshligi Xayfada oʻtgan. Falastin xalqi ozodligi haqidagi sheʼrlari uchun isroillik tajovuzkorlar tomonidan bir necha bor qamalgan. 1971-y. da vatanidan chiqib ketishga majbur boʻlgan. Qohira, Bayrutda yashagan. Ijodi asosan vatan ozodligi uchun kurash mavzuida («Qanotsiz qushlar», «Zaytun barglari», 1961; «Falastinlik oshiq», 1966; «Tunning oxiri», 1969; «Odatdagi gʻamgin kunlar», 1973; «Ovoz», 1980 va b.). Sheʼrlari oʻnlab xorijiy tillarga, jumladan, oʻzbek tiliga ham tarjima qilingan. Darvish «Nilufar» xalqaro adabiy mukofoti laureati (1969).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x