NAZIROV Nabijon Nazirovich

NAZIROV Nabijon Nazirovich (1931. 9.6, Oʻsh — 1987.6.7, Toshkent) — fiziolog, radiobiolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1981). VASXNIL muxbir aʼzosi (1970), prof. (1969). ToщDU ni tugatgan (1953). Oʻzbekiston FA Oʻsimliklar genetikasi va fiziologiyasi in-tida ilmiy xodim (1956—60). 1961-y. dan Oʻzbekiston FA Oʻsimliklar eksperimental biologiyasi in-tining oʻsimliklar radiatsi-on biol. lab. mudiri. Nazirov birinchilardan boʻlib ionlovchi radiatsiyaning gʻoʻzaga taʼsirini tadqiq qildi. U xoʻjalik belgilari jihatidan qimmatli boʻlgan 20 dan ortiq oʻrta tolali va ingichka tolali gʻoʻzaning yangi liniyalari va navlari (tezpishar va serhosil AN-Kattaqoʻrgʻon, viltga chidamli AN-401, bargi tabiiy ravishda toʻkiladigan AN-402 va b.) ni yaratdi.

As: Deystviye radiatsii na fiziologicheskiye i bioximicheskiye protsessы u xlopchatnika, T., 1969; Radiochuvstvitelnost xlopchatnika i geneticheskiy effekt ioniziruyuщyey radiatsii, T., 1970; Nauka i xlopok, T., 1977.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x