JUMRUT

JUMRUT, boʻribagʻir (Rhamnus coriacea Kom.) — chilonjiydadoshlar (jumrutdoshlar) oilasiga mansub yirik buta yoki past boʻyli daraxt. Gullari mayda, sargʻish-yashil, toʻpguli yarim soyabon. Bargi oddiy, tuxumsimon, tuksiz, uz. 2—5 sm. Mevasi qora, danakli. May—iyunda gullaydi, mevasi iyul — avg. da yetiladi. Toshkent, Fargʻona, Samarqand viloyatlaridagi togʻli tumanlarning sernam yerlarida oʻsadi. Xalq tabobatida mevasi va poʻstlogʻining qaynatmasi qustiruvchi dori, surgi sifatida ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x