NAYTISHLILAR

NAYTISHLILAR (Tubulidentata) – yoʻldoshli sut emizuvchilar turkumi. Uz. 1—1,5 m, dumi 45—60 sm, vazni 80 kg dan ortiq. Tumshugʻining uchi nayga oʻxshash choʻziq. Oldingi oyoqlari 4, keyingi oyoqlari 5 barmoqli boʻlib, tuyoqsimon tirnokdari bor. Tirnoklari yordamida termitlar inini buzadi yoki yer kovlaydi. Tili uzun, chuvalchangsimon. Tishlari oʻzaro qoʻshilib oʻsgan dentin naychalardan iborat (nomi shundan olingan); tish emali va ildizi boʻlmaydi; tishi doimo oʻsib turadi. Kurak va yirtqich tishlari rivojlanmagan. Naytishlilarga faqat 1 turAfrika naytishlisi (Orycteropus afer) kiradi. Af-rikaning Sahroi Kabirdan janubroqda joylashgan barcha hududlarida tarqalgan. Tunda faol hayot kechiradi. Uz. 3 m gacha in qazib, 1 yilda 1 bola tugʻadi. Asosan, termitlar va chumolilar 6-n oziklanadi. Terisi va goʻshti uchun ovlanadi. Koʻpchilik hududlarda soni kes-kin kamayib bormoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x