NATURFALSAFA

NATURFALSAFAtabiat falsafasi; tabiatni bir butun tizim sifatida, asosan, jonli mushohada negizida yoki tabiatshunoslikdan uzlashtirilgan bilimlar orqali talqin etish va tushuntirish, uning umumiy manzarasini tasvirlash borasidagi falsafiy urinishlar majmuasi. Yunon naturfaylasuflari — Fales, Anaksimandr, Anaksimen, appoloniyalik Diogen, Geraklit N. ning asoschilari boʻlganlar. Ular barcha mavjud narsalar kelib chiqishining yagona tabiiy asosini topishga urindilar. Naturfalsafaning keyingi rivoji Aristotel maktabi va stoiklar faoliyati bilan bogʻliqboʻldi. Naturfalsafa («philosophia naturalis») tushunchasi ilk bor Senekalya. uchraydi. Naturfalsafa bilan tabiatshunoslik oʻrtasidagi chegara va uning falsafasidagi oʻrni tarixan oʻzgarib turgan. Aslida, Naturfalsafa falsafa ilmining ilk tarixiy shakli sifatida namoyon boʻddi. Yunon natur faylasuflari ilm-fan tarixida juda muhim sanalgan koʻpgina qarashlarni, jumladan, atomistik qarashlarni ilgari surdilar. Keyinchalik, Naturfalsafa odatda, fizika yoki fiziologiya, yaʼni tabiat toʻgʻrisidagi taʼlimot deb ataldi. Falsafa xudo toʻgʻrisidagi taʼlimot bilan yaqinlashgan oʻrta ayerlarda Naturfalsafa falsafa sohasidan uzoqlashdi. Naturfalsafaning ayrim unsurlari nasro-niy, musulmon va yahudiy dinlarining olamni xudo tomonidan yaratilishi toʻgʻrisidagi taыshmotlariga moslashtirildi. Natijada, Naturfalsafa, koʻpincha, xayol-parastlik shaklidagi natursafsataga aylandi. Biroq, oʻrta ayerlarda tabiatshunoslikning rivoji bilan bogʻliq tarzda Naturfalsafa ham rivojlandi. Bu hol Gʻarbda sxolastika rivojining soʻnggi bo-sqichi davri (Foma Akvinskiy, Buyuk Albert ijodi)da, Sharkda esa undan ancha oldinroq — Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino va b. faoliyatida kuzatiladi.

Uygʻonish davri falsafasida tabiatga nisbatan qiziqishning ortib borishi b-n N. ning yangi namoyandalari (J. Bruno, B. Telezio, J. Kampanella, J. Kardano, Paratsels, F. Patritsi) yuzaga keldi. Uygʻonish davri Naturfalsafasi, asosan, panteizm va gilozoizm negizida rivojlandi, koʻp hollarda esa hayolpa-rastlik tusini oldi. Tabiatni oʻrga-nishning tahliliy usullari ustuvor boʻlgan 17—18-a. larda Naturfalsafa ortga chekindi. Biroq, Naturfalsafa nemis mumtoz falsafasida falsafiy yoʻnalishlardan biri sifatida yangidan olgʻa surildi (Kant, Shelling, Oken, Gegel, Shopengauer, Gyote, Karus). Tabiatshunoslikning ulkan yutuqlari va idealistik Naturfalsafaning unutila borishi 20-a. da Naturfalsafani avval materializm tomonga ogʻdirgan boʻlsa, soʻng uni butunlay barham toptirdi. 19-a. ning oxiri va 20-a. boshlarida Naturfalsafaning yangi turdagi щakllarini kaytadan yaratishga urinishlar (Ostvald, Reynke, Drish, Paladi, N. Gartman) yuz berdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x