ShEROBOD-SARIQAMISH QIRLARI

ShEROBOD-SARIQAMISH QIRLARISurxondaryo botigʻining jan. gʻarbiy qismidagi qirlar. Janubiy gʻarbdan shim. sharqqa 70 km ga choʻzilgan. Shim. dan Boysun botigʻi, jan. sharqdan Surxondaryo vohasi bilan chegaralangan. Oʻrtacha bal. 800—1000 m. Eng baland joyi 1216 m.

Sh. S. q. Boysun togʻlaridan boshlanuvchi bir qancha daryolar (Kafrun, Anjarasoy, Pulihakim va boshqalar) bilan chuqur kesilgan va alohida qirlarga (Kagna, bal. 955 m; Takasakradi, 1050 m va boshqalar) ajralgan. Yon bagʻirlarida quruq soy va jarliklar ham koʻp. Tektonik jihatdan antiklinal struktura; yura, boʻr, paleogen, neogen, toʻrtlamchi davr qumtosh, ohaktosh, dolomit, mergel, konglomeratlaridan tashkil topgan. Iklimi kontinental, yogʻin kam (150— 250 mm). Boʻz, surqoʻngʻir tuproqlarda shuvoq, shoʻra, qoʻngʻirbosh, rang, oq kavrak va boshqalar oʻsadi. Hududi yaylov sifatida foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x