NAMLIK OʻLCHAGICH

NAMLIK OʻLCHAGICH — gazlar, suyukliklar va qattiq jismlar (shu jumladan, sochiluvchan jismlar, Mas, tuproq, qum) namligini oʻlchaydigan asbob. Gigroskopik, elektr-kimyoviy, gigrometrik va psixometrik xillari bor. Gigroskopik Namlik oʻlchagichning ishi materiallar va moddalarning atrof muhitdagi namlik (suv buglari) ni oʻziga yutish xossasiga asoslangan. U gazlar va suyukliklarning namligin oʻlchashda ishlatiladi. Elektrkimyoviy Namlik oʻlchagich jismlardan elektr toki utkazilganda unda kimyoviy reaksiya yuz berib, namlik miqsorini oʻzgartirishga asoslangan. U bilan ham gazlar va suyukliklarning namligi oʻlchanadi. Gigrometrik Namlik oʻlchagichning ishi namlik miqdoriga qarab yogʻsizlantirilgan soch tolasining oʻz uzunligini oʻzgartirishi xossasiga asoslangan. U gazlarning namligini oʻlchash uchun ishlatiladi. Psixrometrik Namlik oʻlchagichning ishi ikki termometr (biri quruq, ikkinchisining ustiga hoʻllangan mato oʻralgan) ning koʻrsatishlar farqini oʻlchashga asoslangan. Bu ham gazlar uchun moʻljallangan. M. oʻ. larning sigʻimli, konduktometrik va yadroviy magnit rezonans hodisasiga asoslangan turlari ham bor. Bular suyukliklar va qattiq jismlar namligini oʻlchash uchun moʻljallanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x