QIZILQUM HALQA YOʻLI

QIZILQUM HALQA YOʻLI — (R57) davlat ahamiyatiga molik avtomobil yoʻli. Navoiy viloyatining Karmana shahridan boshlanib, Qalqonota — Deboland — Nurota shahri — Qoʻshquduq — Boymurot — Uchtepa — Utemurot — Tomdibuloq aholi punktlari orqali oʻtib Zarafshon shahrida Navoiy — Uchquduq magistral yoʻli (A379) ga tutashgan. Yoʻl qurilishi 1969-yilda boshlanib, _» 1976-yilda toʻliq foydalanishga topshirilgan. Qurilish sarfxarajatlari Respublika Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan mablagʻ bilan taʼminlangan (oʻsha davrda «Hayot yoʻli» deb nomlangan). Umumiy uz. 477 km, shundan 22 km asfaltbeton toʻshamali, 455 km qora toʻshamali, toifasi: 3 km — I darajali, 2 km — II darajali, 26 km — III darajali, 446 km — IV darajali. Yoʻl hoz. davrda Navoiy avtoyoʻl birlashmasiga qaraydi. Yil boʻyi barcha transport turlarining uzluksiz harakati taʼminlangan. Qizilqum halqa yoʻli yil, ayniqsa, qish faslida chorva mollarini yemxashak bilan taʼminlashda, qorakoʻlchiliyut rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Yoʻlda sanoat, q. x., qurilish yuklari tashiladi, yoʻlovchilarga avtotransport xizmatlari koʻrsatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x