NAMIB

NAMIB — Afrikaning jan.gʻarbiy sohillaridagi choʻl. Atlantika okeani sohili boʻylab, shim. da Namib sh. yaqinidan jan. da Olifants daryosi quyilish joyigacha 2100 km ga choʻzilgan. Eni 50—130 km. Yer yuzasi tekislik boʻlib, materik ichkarisiga zinapoyasimon koʻtarilib borgan (1000—1200 m). Sharqiy va shim. qismi qumli, jan. toshloklichoʻl. Iklimiga qirgʻoq boʻylab oʻtgan sovuq Bengela oqimining taʼsiri bor. Eng iliq oyning oʻrtacha t-rasi 17—19°, eng salqin oyniki 12—13°. Yillik yogʻin kam boʻlsada (10—100 mm), lekin havoning namligi yuqori. Namibni Kunane va Oranj daryolari kesib oʻtgan. Oʻsimliklari siyrak. Grunt suvlari yer yuzasiga yaqin joylarda baʼzi kserofit oʻsimliklar, akatsiya, aloe va b. oʻsadi. Olmos, uran konlari bor. Milliy boglar tashkil etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x