NALBANDYAN Mikael Lazarevich

NALBANDYAN Mikael Lazarevich [1829.2(14). 11, Rostov-Don tumani — 1866.31.3. (12.4), Kamishin sh. ] — arman yozuvchisi, faylasuf. Yangi arman adabiy tilining asoschilaridan biri. 1855—58 y. lar Moskva un-tining tibbiyot f-tida tahsil olgan, soʻng shu yerda arman tilida nashr etiladigan «Yusisapayl» («Shimol yogʻdusi») jur. da ishlagan (1858—60). «Kolokol» va «Sovremennik» jur. larining taʼsirida inqilobiy demokratizm tomoniga oʻtgan. Nalbandyan 1860—62 y. larda Turkiya, Hindiston va Gʻarbiy Yevropa mamlakatlariga sayohati davomida A. I. Gersen va N. P. Ogaryovlar bilan tanishgan. Keyinroq «Megu» («Asalari») jur. qoshida yashirin inqilobiy tashkilot tuzgan, jamiyatni keskin tanqid etuvchi asarlari uchun qamoqqa olingan va keyinchalik surgunda vafot etgan. Nalbandyan falsafa, iqtisod, ped., tilshunoslik b-n shugʻullangan, Feyerbax va Chernishevskiy fikrlarini rivojlantirgan. Nalbandyan falsafasi arman xalqi ijtimoiy tafakkuri rivojida muhim bosqich hisoblanadi. Asosiy publitsistik asari «Deh-qonchilik haq yoʻl» (1862). «Birovga soʻz, boshqaga kelin» (1858), «Kundalik» (1858—60) romanlari bilan arman tanqidiy realizmiga asos solgan. Adabiy-estetik qarashlari «Arman yozuvi haqida soʻz» (1854—55), «Tanqid» (1858) asarlarida oʻz ifodasini topgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x