NAJAFOV

NAJAFOV Sulaymon Narimon oʻgʻli (1937.25.7, Ozarbayjon Respublikasi Aqdam tumani — 1993.25.10, Jizzax) – teatr rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989). Boku sh. dagi rassomlik bilim yurtini (1968) va Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1976). 1976-y. dan Yunus Rajabiy nomidagi Jizzax viloyat musiqali drama teatrida, 1991-y. dan Jizzax viloyat qoʻgʻirchoq teatrida rassom. N. ijodi adabiy asardagi milliy va badiiy gʻoyaning tasviriy obrazini sahna bezaklarida yaratishga qodirligi b-n diqqatga sazovor. Jizzax teatrining «Xolisxon» (1978), «Zoʻraki tabib» (1978), «Oygul va Baxtiyor» (1979), «Kelinlar qoʻzgʻoloni» (1979), «Vatan ishqi» (1981), «Xonuma xonim» (1982), «Katta oʻgʻil» (1984), «Qasam va vijdon» (1988) kabi, Jizzax qoʻgʻirchoq teatrining «Temirboyning sarguzashtlari» va b. spektakllari shular jumlasidan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x