IRLANDLAR

IRLANDLAR (oʻzlarini erinnax deb ataydilar) — xalq. Irlandiyaning asosiy aholisi. Umumiy soni 7,8 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari), jumladan Irlandiyada 3,4 mln. kishi, Buyuk Britaniyada 2,5 mln. kishi, AQSH va Kanadada ham yashaydilar. Yevropeoid irkiga mansub. Irland va ingliz tillarida soʻzlashadilar. Dindorlari — asosan, katoliklar.

I rland elati (10 — 12-a. larda shakllangan) ning asosini kelt tillarida soʻzlashuvchi gellar tashkil qilgan, ular orolga mil. av. 4-a. da koʻchib kelib orolning qad. aholisi bilan aralashib ketgan. Gellarning ijtimoiy tizimi — patriarxal urugʻlar — klanlar Irlandlarda 16—17-a. gacha, baʼzi urf-odatlari esa 19-a. gacha saklanib qolgan. Irland millati inglizlar mus-tamlakasi sharoitida 18— 19-a. larda shakllana boshlagan. 1921-y. mustaqil Irlandiya davlati barpo etilgach, irland tili rasmiy til sifatida eʼtirof etilgan. Irlandlarning aksariyati q. x. b-n band.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x