NAIMOV

NAIMOV Hayot (1912.21.3 — Buxoro — 1995.14.2) — aktyor, rej. Oʻzbekiston xalq artisti (1967). Buxoro musiqa bilim yurtini tugatgan (1930). Buxoro teatrida sozanda (1930—41), aktyor (1941— 78), rej. yordamchisi (1978—86). Naimov kuproq hajviy aktyor sifatida tanilib, oʻzbek xalq masxarabozlik te-atrining ijrochilik anʼanalarini davom ettirgan. Rang-barang satirik va dramatik obrazlar yaratib, sahna sanʼatida uziga xos ijro uslubi bilan iz qoldirdi. Qozi (Hamz a , «Maysaraning ishi»), Vali (U. Hojibekov, «Arshin mol olon»), Shmaga (A. Ostrovskiy, «Aybsiz aybdorlar»), Mansur (Uygʻun, I. Sulton, «Alisher Navoiy»), Zargarov (A. Qahhor, «Ogʻriq tishlar»), Mirzakarimboy (Oybek, «Qutlugʻ qon»), Hoshim labbay (S. Gʻani; F. Soliyev, «Tuy»), Toshbolta (H. Gʻulom; M. Leviyev, «Toshbolta oshiq»), Mulla Bashir (S. Jamol, «Guli siyoh») kabi obrazlar bilan elga tanildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x