NABOKOV Vladimir Vladimirovich

NABOKOV Vladimir Vladimirovich [asl nomi; taxallusi Sirin; 1899.10(22).4, Peterburg – 1977.2.7, Shveysariya] — rus yozuvchisi. Ingliz tili va madaniyatiga ixlosmand boy dvoryan oilasida dunyoga kelgan. Bir necha Yevropa tillarini mukammal bilgan Nabokov 1914—17 y. larda otasining mablagʻi hisobiga ilk sheʼriy toʻplamlarini chop etgan. 1919-y. da Angliyaga borib, Kembrij un-tida tahsil koʻradi, 1922-y. esa Berlinga koʻchib oʻtadi. Nabokov shu yerda rus muhojirlarining «Rul» gaz. da, shuningdek, «Zamonaviy bitiklar» jur. (Parij) da Sirin (jannat qushi) taxallusi ostida sheʼr va hikoyalarini eʼlon qiladi. «Mashenka» (1926) romani va undan keyingi «Chorbaning qaytishi» (1928) lirik novellalari, mashhur shaxmatchining hayot fojiasiga bagʻishlangan «Lujin himoyasi» (1930) qissasi va b. asarlari Nabokovga shuhrat keltiradi. Nabokov rus tilida 9 roman («Qirol, dama, valet», «Isteʼdod» va b.), bir qancha pyesa («Oʻlim», «Voqea», «Valsning kashf etilishi» va b.), hikoya va sheʼrlar yozgan. Uning ijodiy uslubida mistifikatsiya, turli-tuman oʻyinlar, xayolot va alahsirashlar, parodiyalar, kutilmagan syujet qurilmalari ustuvorlik qiladi. Nabokov 1940-y. da AQSHga koʻchib borib, asosan, ingliz tilida ijod etgan. «Sebastian Naytning chinakam xayoti», «Ada», «Nursiz olov», «Lolita», «Yorqin narsalar»,«Arlekinlarga bir qara!» singari romanlari, «Yevgeniy Onegin»ning tarjimasi va Pushkin asariga yozgan 3 jildli izohlari Nabokov adabiy merosining asosiy qismini tashkil etadi.

As: Mashenka, Zaщita Lujina. Priglasheniye na kazn. Drugiye berega, M., 1988; Lolita, M., 1989.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x