MEN

MEN — AQSHning shim.-sharqiy qismidagi shtat, Atlantika okeani sohili shim. da. Yangi Angliyada, Kanada chegarasiga yaqin. Mayd. 86,1 ming km2. Aholisi 1,3 mln. kishi (2002), shuning 45% dan ortigʻi shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Ogasta sh. ; eng yirik shaxri va porti — Portlend. M. hududining aksari qismi Appalachi togʻlari bilan band (eng baland joyi 1291 m). Iklimi sernam, mutadil iqlim. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —9°, iyulniki 19°. Yillik yogʻin 1000 mm. Shtat hududining yarmidan kupi oʻrmon bilan qoplangan. Gidroenergiyaga boy dare va koʻl koʻp. Q. x. rivojlangan. Q. x. ning yetakchi tarmogʻi — chorvachilik. M. kartoshka yetishtirishda AQSHda oldingi oʻrinlarda. Yogʻoch tayyorlash, yogʻochsozlik, sellyulozaqogʻoz sanoati muhim ahamiyatga ega. Koʻn-poyabzal, tikuvchilik, toʻqimachilik, kemasozlik rivojlangan. Toʻqimachilik va poyabzal tikish mashinalari ishlab chiqariladi. Sohil qismida baliq konservalash korxonalari bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x