MUZBEL TIZMASI

MUZBEL TIZMASIChatqol togʻlari tarkibi (Toshkent viloyati)dagi tizma. Teraklisoy qavzasida joylashgan. Jan.-gʻarbdan shim.-sharqqa yoʻnalgan. Uz. 20 km. Eng baland joyi 2510 m. Oʻrta karbon davrining granodiorit, granit, ohaktosh, slanes, qumtoshlaridan tuzilgan. Unchalik parchalanmagan, simmetrik joylashgan, yon bagʻirlardagi soylar (Qorabuzuqsoy, Revashte) buloqlardan toʻyinadi. Jigarrang tuproqlarda siIrak archazorlar tarqalgan. Quyi yarusda butalar, bugʻdoyiq va b. turli oʻtlar oʻsadi. Yozgi yaylov si-fatida foydalaniladi, mahsuldorligi gektariga 3—5 s.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x