MUZAYYANA ALAVIYA

MUZAYYANA ALAVIYA (1909.20.4. Toshkent viloyati Piskent tumani — 1988.3.3, Toshkent) — shoira, folklorshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1968). Samarqand pedbilim yurti (1928—30), Nizomiy nomidagi Toshkent ped. in-ti (1934—38) da oʻqigan. Toshkent shahar maktablarida oʻqituvchi (1930—40), Oʻzbekiston FA Til va adabiyot in-tida kichik (1940—59), katta ilmiy xodim (1959— 88). Muzayyana Alaviyaning «Bugungi men» nomli birinchi sheʼri 1927-y. «Maorif va oʻqituvchi» jur. da bosilgan. Xalq ijodkorlaridan koʻplab folklor asarlarini yozib olgan va nashrga tay-yorlagan («Oq olma, qizil olma», 1972; «Sovet davri qoʻshiqlari», 1983 toʻplamlari; «Intizor», 1964, «Dalli», 1972 dostonlari). Oʻzbek xalq qoʻshiklarining badiiy-estetik xususiyatlari, marosim folklori boʻyicha tadqiqotlar olib borgan. «Odamiylik» (1964), «Dil nidosi» (1967), «Yon qoʻshnim, jon qoʻshnim» (1974) kabi risolalari odob-axloq masalalariga bagʻishlangan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1973).

As: Sevinchlarim, T., 1959; Oʻzbek xalq qoʻshiklari, T., 1959; Oʻzbek xalq marosim qoʻshiklari, T., 1974.

Ad.: Qodirova M., Muzayyana Alaviya, T., 1968.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x