PAK IN NO

PAK IN NO (adabiy taxallusi — Noge) (1561.11.8 — Yonchxon viloyati — 1643.25.1) — koreys shoiri. Koreys adabiyetidagi kasa (doston) va sijo (uch misra) kabi poetik janrlarda ijod qilgan. Yapon bosqinchilariga qarshi boʻlgan Imjin ozodlik urushi (1592 — 98) qatnashchisi. Vatanparvarlik ruhidagi «Tinchlik xaqida soʻz» (1598), «Kemadagi oʻylar» (1605), «Yonnam haqida qoʻshiq» (1635) kabi dostonlar muallifi. 1605-y. dan qarbiy xizmatni tashlab, yakka, xilvatda yashay boshlagan; bu holat uning tabiat manzaralari tasvirlangan eng yaxshi dostonlarida («Ovloq koʻcha qaqida toʻrtliklar», «Noge manzili haqida qoʻshiq», taxm. 1610—11) oʻz ifodasini topgan. Xanmun (xitoy adabiy tilining koreyslashgan shakli)da yaratilgan 7 kasa, 68 sijo va b. sheʼrlar «Nogelik oʻqituvchining asarlar toʻplami» (1—3kitoblar, 1800-y. da nashr etilgan) ni tashkil etadi. 1961-y. da Jaxrn Tinchlik Kengashi qaroriga muvofiq shoir tavalludining 400-yilligi nishonlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x