MUZALAR

MUZALAR (yun. musa) — 1) yunon mifologiyasida sanʼat, fan va poeziya maʼbudalari, Zevs va Mnemosinaning 9 qizi. Antik shoirlardan Gesiod (mil. av. 7-a.) 9 muzani eslatib oʻtadi. Xususan, Klio — tarix, Yevterpa — lirik poeziya, Taliya — komediya, Melpomena — t-ragediya, Terpsixora — oʻyin, Erato — muhabbat lirikasi, Poligimniya — gimnlar, Uraniya — astronomiya, Kalliopa Muzalar va Musey torli cholgʻu asboblar bilan (Attika am-forasidagi surat, mil. av. taxm. 440-y.).

epos maʼbudalaridir. Parnas va Gelikan togʻlari Muzalarning yoktirgan joylari hisoblangan. Muzalarning rahbari Apollon boʻlgan. Muzalarning ayrim nomlari key-inchalik sanʼatning turli koʻrinishlarida sinonim sifatida qoʻllanila boshlangan. Muzalar obrazlari antik va Yevropa tasviriy sanʼatida (S. Bottichelli, Ya. Tintoretto va b. asarlarida) oʻz ifodasini topgan.

2) Kuchma maʼnoda Muzalar — ilhom parilari. Muzalar shoir va sanʼatkorlarga ilhom beradi deb hisoblangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x