MUZLIK

MUZLIK — sharoit qulay joylarda qor toʻplanishidan hosil boʻlib, qiya tomonga siljib turuvchi muz massasi. Qor chegarasidan yuqorida relyefning botiq joyida toʻplanadigan qorning zichlanishidan vujudga keladi. Yer yuzasida hoz. vaqgdagi Muzliklar mayd. 16,1 mln. km2 dan ortiq (q. Muzliklar). M. lar joylashgan oʻrni va shakliga koʻra togʻ Muzlik va tekislik M. ga boʻlinadi. Muzlik ni-shab tomonga surilib turadi. 1 ° qiyalikda yerda Muzlik siljishi uchun kalinligi 55—60 m boʻlishi kerak. 45° qiyalikda 1,5—2 m kalinlikdagi muz siljiydi. Muzlikning siljish tezligi muz t-rasiga, joyning qiyaligiga va muz qalinligiga bogʻliq. Muzlik kuniga bir necha mm dan 2—3 m gacha siljishi mumkin. Togʻ muzliklari daryolarni suv bilan toʻyintiruvchi manbadir. Baʼzan siljib borib, vodiylarni toʻsib qoʻyadi va suv toshqinlariga sabab boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x