MUSSON OQIMLARI

MUSSON OQIMLARI — musson shamollari taʼsirida okeanlar va dengizlar yuzasida vujudga keladigan oqimlar; 100 m chuqurlikkacha yetadi. Hind okeanining shim. qismidagi oqim, Arabiston dengizi va Bengaliya qoʻltigʻidagi oqimlar, qisman, Somali oqimi (Afrikaning shim.-sharqiy qirgʻoklarida) eng kuchli Musson oqimlari hisoblanadi. Musson oqimlari ham musson shamollariga oʻxshab qishda Osiyodan Afrika va Avstraliya tomonga, yozda esa qarama-qarshi tomonga yoʻnaladi. Musson oqimlarining tezligi soatiga 1—2 km, suv t-rasi 25°, 28° boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x