MUSTAQILLIK ORDENI

«MUSTAQILLIK» ORDENI — OʻzRning davlat mukofotlaridan biri. Bu orden bilan OʻzR fuqarolari mustaqil huquqiy davlat barpo etish va uni mustahkamlashga, respublikada tinchlik va taraqqiyotni taʼminlashga qoʻshgan ulkan hissalari uchun mukofotlanadilar. Ayrim hollarda OʻzR fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin. 1994-y. 5-maydagi OʻzR qonuni bilan taʼsis etilgan. Orden 1 mikron qalinlikda oltin qoplangan 925 darajali kumushdan tayyorlanib, ikki yon bagʻridan zarhal nur taralgan sakkiz qirrali musamman koʻrinishida. Ordenning markazida mustaqillik ramzi boʻlgan Xumo kushi kumush rangda tasvirlangan. «Mustaqillik ordeni»o. koʻkrakning oʻng tomoniga taqiladi. Bu orden bilan marhum adiblar Abdulla Qodiriy (1994), Choʻlpon (1999), OʻzR Prezidenti Islom Karimov (1996) mukofotlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x